Amrulla Solih: Biz “Tolibon” diktaturasiga qarshimiz
Amrulla Solih: Biz “Tolibon” diktaturasiga qarshimiz.


Afg‘oniston sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solih India Today telekanaliga intervyu berdi.
Unda Solih bir qancha muhim masalalarga to‘xtalgan. “Biz samarali muzokaralarga tayyormiz”,-deb aytgan sobiq amaldor. Shu bilan birga agar muloqot jarayoni natija bermasa, to‘qnashuvlarga ham tayyorligini maʼlum qilgan. Sobiq vitse-prezident Afg‘onistonda “Tolibon” diktaturasiga qarshi ekanini gapirib, Afg‘onistonni “Toliboniston”ga aylantirmaslik zarurligini qayd etgan.
Solih muzokaralar taslim bo‘lishning yashirin shakli ekanini anglatmasligini taʼkidladi. U “Bizga lavozimlar ham, shaxsiy minnatdorchiliklar ham kerak emas, biz shunchaki afg‘on xalqining o‘z davlati shaklini belgilash imkoni bo‘lishini xohlaymiz”, deb aytib o‘tgan. Solih afg‘on jamiyati jonli bo‘lishi, barcha etnik guruhlar o‘ziga xosligi saqlanib qolishi kerakligini aytgan.
Shuningdek, tolibon bilan muloqot Dohadagi muzokaralarni takrorlamasligi kerak. Solihning fikricha, Dohadagi kelishuvlar “Tolibon” zulmini qonuniylashtirib bergan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Tolibon” Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishilik kengashtuzganligi xabar qilingan edi.
Jahongir Qo'ziyev







