AQSH Afgʻonistondan evakuatsiya qilingan shaxslarni koronavirusga qarshi emlaydi
AQSH Afgʻonistondan evakuatsiya qilingan shaxslarni koronavirusga qarshi emlaydi.


AQSH Afgʻonistondan evakuatsiya qilingan shaxslarni koronavirusga qarshi emlashi haqida Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki brifingda aytib oʻtdi.
“Ular koronavirusga test topshiradi va biz ularni emlash, bu jarayonni qanday tashkillashtirish ustida ishlayapmiz”, - dedi Psaki.
Uning aytishicha, evakuatsiya qilinganlarga agar ular hali emlanmagan boʻlsa, vaksina taklif qilinadi.
Sharofat Mahmudova







