Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha BMTni Belarus rahbariyatiga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi
Ular Minsk muhojirlarni Yevropa Ittifoqi chegaralarini noqonuniy kesib o‘tishga undayotgani iddao qilinmoqda.


Estoniya, Latviya, Litva va Polsha bosh vazirlarining qo‘shma bayonotida aytilishicha, noqonuniy muhojirlar oqimi Ittifoqga "gibrid hujum" bo‘lib, u "Aleksandr Lukashenko rejimi tomonidan rejalashtirilgan va tizimli ravishda tashkil etilgan".
Birlashgan Millatlar Tashkilotining eʼtiborini bu muammoga qaratadigan vaqt keldi, deydi to‘rt davlat bosh vazirlari.
"Biz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar bo‘yicha Oliy Komissarligi idorasini ushbu vaziyatni hal qilishga yordam berish uchun faol choralar ko‘rishga, shuningdek, Belarusdan xalqaro majburiyatlarini bajarishni talab qilishga chaqiramiz", — deya taʼkidlangan bayonotda.
Shuningdek, bayonotda chegaradan o‘tayotgan barcha qochqinlar qabul qilinishi, lekin kelajakda noqonuniy migratsiyani oldini olish uchun Yevropa Ittifoqi yangi cheklov choralarini joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishi kerakligi taʼkidlangan.
Nasiba To‘xtayeva







