Chernogoriyada anʼanaviy dangasalik chempionati o‘tmoqda
Chernogoriyaning “Kodex” agentligi xabar qilishicha, mamlakatda anʼanaviy dangasalik chempionati bo‘lib o‘tmoqda.


Dangasalik bo‘yicha musobaqa Breznadagi etno-qishloqda har yili o‘tkaziladi. Bu yil ishtirokchilar nafaqat asosiy dangasa degan maqom, balki 300 yevro uchun ham kurashadi.

Musobaqa qoidalariga ko‘ra, ishtirokchilarning hammasi bir vaqtda belgilangan o‘rinlarga yotib, joylarida imkon qadar uzoqroq qoladi. Ular bu vaqtda uxlashlari, kitob o‘qishlari, ovqatlanishlari va har sakkiz soatda bir marta hojatga chiqishlari mumkin. Hammadan ko‘p yotgan odam g‘olib bo‘ladi.
Sharofat Mahmudova







