Londonda namoyishchilar 2 ta telekanalni egallab oldi
Londonda emlashga qarshi 100ga yaqin kishi telekanallarni ikki soat davomida qamal qilib turdi.


Namoyishchilar “ITV New” va “Channel 4 News” telekanallariga hujum uyushtirgan. Ular telekanallarni britaniyaliklarga koronavirus infeksiyasi va vaksinatsiyalar haqida noto‘g‘ri maʼlumot berishda ayblagan.
“Politsiya bino qo‘riqchilari yordamida ichkariga bostirib kirganlarni olib chiqib ketyapti”,— deb xabar bergan shahar politsiyasi.
Emlashga qarshi namoyish Google‘ning Londondagi ofisi yaqinida ham bo‘lib o‘tgan. Hozircha hech kim qo‘lga olinmagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval AQSHlik olimlar koronavirusning barcha turiga qarshi vosita topgani haqida xabar berilgan edi.
Jahongir Qo‘ziyev







