Olimlar 2080 yilda yer yuzi aholisi yana bir pandemiyaga yo‘liqishi mumkinligini bashorat qilmoqda
Keyingi 60 yil ichida yana bir pandemiya insoniyatga tahdid soladi va bu “COVID-19” kabi oqibatlarga olib keladi, dedi Italiyaning Padua universiteti olimlari.


Mutaxassislar statistik tahlil usulidan foydalanib, so‘nggi to‘rt asr mobaynida butun dunyo bo‘ylab vabo, chechak, tif va grippning har xil turlari tarqalishini tahlil qildi. Maʼlum bo‘lishicha, pandemiya maʼlum bir muddatda takrorlanib turadi. Shunday qilib, keyingi global epidemiya 2080 yilga to‘g‘ri keladi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 2000 yilda tug‘ilgan odamning yangi epidemiyaga guvoh bo‘lish ehtimoli 38 foizni tashkil etdi.
Olimlarning fikricha, yangi infeksiyaning paydo bo‘lishiga aholi soni ko‘payishi, atrof-muhitning ifloslanishi va oziq-ovqat tizimidagi o‘zgarishlar ham sabab bo‘lgan.
Tarixdagi eng halokatli epidemiya — ispan grippining qaytalanish xavfi har yili 0,3-1,9 foizga oshib bormoqda.
Mutaxassislarning taxmin qilishicha, bu kabi pandemiya yaqin 400 yil ichida yuz berishi mumkin. Biroq yaqin o‘n yilliklar ichida “COVID-19” kabi yangi kasalliklar paydo bo‘lish ehtimoli uch barobar ko‘payadi. Insoniyat 12 ming yil ichida dunyo aholisining butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladigan yangi pandemiyaga duch keladi.
Nasiba To‘xtayeva







