O'zbekiston

Rossiyadan Oʼzbekistonga maxsus poezdlar qatnovi qoʼyilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida Rossiya davlatidagi yurtdoshlarimiz uchun yana bir qulaylik! “Voljskiy - Toshkent” hamda “Tolyatti - Toshkent” yo‘nalishlarida yo‘lovchi poezdlarining maxsus reyslari yo‘lga qo‘yiladi!

Rossiyadan Oʼzbekistonga maxsus poezdlar qatnovi qoʼyilmoqda

Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatimizga olib kelish maqsadida  “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan «Voljskiy - Toshkent» yo‘nalishida 483-sonli yo‘lovchi poezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur poezd 2021 yil 27 avgust kuni soat 20:57 da «Voljskiy - Toshkent» yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.  

Shuningdek, 30 avgust kuni «Tolyatti - Toshkent» yo‘nalishida 446-sonli yo‘lovchi poezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yiladi. Bu poezd Tolyatti vokzalidan soat 12:35 da jo‘naydi.

Mazkur poezdlarga faqat bir tomonga, yaʼni «Voljskiy-Toshkent» hamda «Tolyatti-Toshkent» yo‘nalishlariga chiptalar sotiladi. Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yo‘lga qo‘yilgan. Rossiyadagi fuqarolarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining e-ticket.railway.uz veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin.

 Qo‘shimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari  hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Rossiyadan Oʼzbekistonga maxsus poezdlar qatnovi qoʼyilmoqda | Zamon.uz