23 yoshli bloger TikTok uchun suratga tushayotganda tomdan qulab vafot etdi
Turkiyalik 23 yoshli bloger Kubra Dogan TikTok videosini suratga olayotganda vafot etdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri yozgan.


Qiz 16 yoshli singlisi Xelen bilan uy tomiga chiqib, TikTok uchun video yozish va quyosh botishini suratga olishni rejalashtirgan. Biroq Kubra videoga olish jaryonida tasodifan tomdan yiqilib tushgan. 50 metr balandlikdan qulab tushgan qiz voqea joyida vafot etdi.
Marhumaning amakisi Nebi Dogan uy tomini qurgan tashkilotni sudga bermoqchi. "Men bu ishni shunday qolishiga yo‘l qo‘ymayman", deb taʼkidladi Nebi Dogan.
Nasiba To‘xtayeva







