Barcha OTMlarda yangi o‘quv yili anʼanaviy (oflayn) shaklda boshlanadi
O‘zbekiston Oliy taʼlim va o‘rta maxsus taʼlimi vazirligi OTMlarda yangi o‘quv yili qay shaklda boshlanishiga aniqlik kiritdi.


Unga ko‘ra, rasman oliy taʼlim muassasalarida 2021/2022-o‘quv yili 6 sentyabrdan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun anʼanaviy (oflayn) shaklda boshlanadi.
«Emlash talabalarning yaxshi bilim olishlari bilan bir qatorda o‘zlari hamda professor-o‘qituvchilarning ham sog‘-salomat bo‘lishini taʼminlaydi», – deyilgandi xabarda.







