Birinchi marta ayol kishi Nyu -York shtati gubernatori bo‘ldi
Demokratik partiya vakili Ketlin Xochul gubernator sifatida Kapitoliyda qasamyod qildi, deb xabar beradi “Associated Press”. Shunday qilib, 62 yoshli Xochul shtatning 57-gubernatori, AQSHning to‘qqizinchi ayol gubernatoriga aylandi.


"Men Nyu -Yorkliklarga bu vazifani uddalay olaman, deb vaʼda beraman. Va, albatta, ularning gubernatori bo‘lganimdan faxrlanaman", dedi Xochul.
Ketlin Xochulning taʼkidlashicha, uning asosiy maqsadi shtat maktablarida o‘quv yilining xavfsiz boshlanishini taʼminlashdan iborat bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 10 avgust kuni Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo jinsiy zo‘ravonlikda ayblanganidan so‘ng isteʼfoga chiqqan, lekin bu ayblovni tan olmagan edi.
Nasiba To‘xtayeva







