Kolumbiyadagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘ldi
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, portlash Topaga shahridagi ko‘mir konida ro‘y bergan. Buning natijasida 11 kishi halok bo‘lgan, ikki kishi og‘ir tan jarohati olgan. Bu haqda “El Tiempo” xabar berdi.


Qutqaruvchilar ichkarida qolib ketgan kon ishchilarini qidirmoqda. Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, voqea metan va ko‘mir changi tufayli sodir bo‘lgan.
Avval xabar qilinganidek, Xitoyda ham yigirma nafar konchi vayrona ostida qolib ketdi. Qutqaruv jarayoni davom etmoqda. Ayni paytgacha bir kishi vafot etgan.
Nasiba To‘xtayeva







