O'zbekiston

Oʼzbek adabiyoti va saʼnatining marhum fidoyilari mukofotlandi

“Mamlakatimizda madaniyat va sanʼat, adabiyot, ommaviy axborot vositalari sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qoʼshgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash toʼgʼrisida” prezident farmoni eʼlon qilindi.

Oʼzbek adabiyoti va saʼnatining marhum fidoyilari mukofotlandi

Hujjat bilan, oʼzining betakror va yorqin ijodiy faoliyati, milliy istiqlol gʼoyasiga sadoqati bilan Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz madaniyatini yuksaltirish, jamiyat hayotida ezgulik va adolat, vatanparvarlik va bagʼrikenglik kabi qadriyatlarni qaror toptirish yoʼlida unutilmas xizmat qilib, avlodlarga qoldirgan boy merosi, sermazmun hayoti va ibratli insoniy fazilatlari bilan el-yurtimiz qalbidan chuqur joy egallagan quyidagi marhum ijodkorlar mukofotlandi:
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Аzizov Mirzajon Mamadjonovich – Oʼzbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Аminov Neʼmat – Oʼzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
Аsomov Obid Аgzamovich – Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist, badiiy soʼz ustasi
Ikramova Dildorxon (Dilbar Ikromova) – Oʼzbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Karimov Ergash – Oʼzbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Qodirov Tavakkal – Oʼzbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Qurbonov Rahmatjon Xudarganovich – Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist, xonanda
Masudov Fatxulla Husanovich – Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist, aktyor
Mirtojiev Jaloliddin Tursunovich – Oʼzbekiston Respublikasi xalq rassomi, haykaltarosh
Nizomov Toʼlan (Toʼlan Nizom) – Oʼzbekiston Respublikasi xalq shoiri
Rahimov Kamoliddin – Oʼzbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Rahmonov Shavkat Rahmonovich (Shavkat Rahmon) – Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi, shoir
Tojiboev Mahmudjon Gʼozievich – Oʼzbekiston Respublikasi xalq hofizi
Umarbekov Oʼlmas Rahimbekovich – Oʼzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
Umarov Faxriddin – Oʼzbekiston Respublikasi xalq hofizi
Usnatdinov Sharap – Qoraqalpogʼiston Respublikasi xalq yozuvchisi
Xolmirzaev Shukur – Oʼzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
Xudoyberdieva Halima Ummatqulovna – Oʼzbekiston Respublikasi xalq shoirasi
Xudoyshukurov Otajon – Oʼzbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Sharipov Husan Ortiqovich – Oʼzbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Аbduvahobov Аbduraim Аbdullaxaevich – Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist, aktyor
Boʼronov Ikromjon – Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist, xonanda
Jabborov Jumaniyoz – Oʼzbekiston Respublikasi xalq shoiri, dramaturg, tarjimon
Qodirjonova Dilnura – Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist, maqom ijrochisi
Matchanov Аmanbay (Omon Matjon) – Oʼzbekiston Respublikasi xalq shoiri
Muxtorov Omon Sulaymonovich – Oʼzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, shoir, yozuvchi
Otajonov Ortiq – Oʼzbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Rahimov Mirzohid Sobitovich – Oʼzbekiston Respublikasi xalq artisti, suxandon
Rahmonov Muhammadi – Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi, shoir
Tojiboev Hojimurod Shodievich (Hojiboy Tojiboev) – Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist, badiiy soʼz ustasi
Oʼtbosarov Аbdumoʼmin Аbdumajitovich – Oʼzbekiston Respublikasi xalq artisti.

Eslatib oʼtamiz, kuni kecha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tegishli farmoniga asosan 4 nafar yurtdoshimiz «Oʼzbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Oʼzbek adabiyoti va saʼnatining marhum fidoyilari mukofotlandi | Zamon.uz