Jahongir Ortiqxo‘jayev «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi» bo‘ldi
Prezident Jahongir Ortiqxo‘jayevni mukofotladi.


Prezidentning tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.
Ular orasida Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham bor.
Farmonga ko‘ra, Jahongir Ortiqxo‘jayev «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Avvalroq, Prezidentning tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan 4 nafar yurtdoshimiz «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangani haqida maʼlumot bergan edik







