O'zbekiston

Prezident QQS maʼmuriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida qaror imzoladi

Prezident “Qo‘shilgan qiymat solig‘i maʼmuriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Prezident QQS maʼmuriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida qaror imzoladi

 

 

2021 yil 1 oktyabrdan boshlab eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini soliq to‘lovchining O‘zbekistondagi bank hisobvarag‘iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qatʼi nazar hicobga olish tartibi o‘rnatiladi.

 

Mazkur imkoniyat oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida taʼminlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan – intizomli soliq to‘lovchilarga tatbiq etiladi.

 

Tovarlar “eksport” bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan eʼtiboran 180 kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi eksport qiluvchining O‘zbekiston tijorat banklaridagi hisobvarag‘iga kelib tushmagan taqdirda, qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisobga olingan summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab:

 

  • qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasini qoplash (qaytarish) uchun soliq organlariga ariza bilan alohida murojaat qilish haqidagi majburiy talab bekor qilinadi;

  • soliq to‘lovchiga tegishli soliq davri uchun soliq hisobotini topshirishda, soliq organlarini xabardor etgan holda qo‘shilgan qiymat solig‘i salbiy summasini qoplash (qaytarish) talabini bildirish huquqi beriladi.

 

Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil yakuniga qadar tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibini ishlab chiqadi va mazkur tartibni tajriba tariqasida 2022 yil 31 dekabrgacha amaliyotga joriy qiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Prezident qimmatbaho metall va toshlar bo‘yicha qonunni imzolagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"