Jahon

Ahmad Masʼud: “Biz butun Afg‘oniston uchun kurashyapmiz”

Ahmad Masʼudning fikricha, “Tolibon” tomonidan mustabid hukumat o‘rnatilishi turli inqirozlarga olib keladi. Bu haqda u BBC Persian nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ahmad Masʼud: “Biz butun Afg‘oniston uchun kurashyapmiz”

 

 

Masʼud mavjud nizoni muzokara va o‘zaro tushunish orqali hal qilish mumkinligini taʼkidladi. Shuningdek, Panjsher yetakchisi bo‘lajak hukumat masalasida fikr bildirdi. Xususan, u Afg‘onistonda  inklyuziv hukumat tuzilishi lozimligini, mamlakatga odamlarni qaytishga undaydigan tizim yaratilishi zarurligini aytgan.

 

Siyosatchi “Qarshilik harakati faqat Panjsherda emas, boshqa viloyatlarda ham mavjud ”,-deya qayd etgan.  Shu bilan birga Panjsherda butun Afg‘oniston o‘z qadriyatlari uchun kurashayotgani, viloyat aholisi toliblarga zarba berish uchun yetarli tajriba va imkoniyatlarga egaligi taʼkidlangan.

 

Masʼud otasi haqida gapirar ekan, Ahmadshoh Masʼud mamlakat konstitutsiyasida milliy qahramon sifatida kiritilmaganini, ammo Afg‘oniston fuqarolari qalbida shu siymoda qolganini aytgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Afg‘onistonda “Tolibon” barcha insonlar huquqini himoya qilishga vaʼda bergan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Ahmad Masʼud: “Biz butun Afg‘oniston uchun kurashyapmiz” | Zamon.uz