O'zbekiston

O‘zbekiston-BAA Ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi

Toshkent shahrida O‘zbekiston-Birlashgan Arab Amirliklari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

O‘zbekiston-BAA Ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi

 

Tadbirda xorij delegatsiyasiga BAA iqtisodiyot vaziri Abdulloh bin Tuk al-Marri, O‘zbekiston delegatsiyasiga esa bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchilik qildi.

 

Delegatsiyalar rahbarlari o‘z chiqishlarida ikki mamlakat iqtisodiy salohiyati ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yana-da oshirishga shart-sharoitlar yaratayotganini maʼlum qildi. Shu nuqtayi nazardan ikki mamlakat biznes vakillari o‘zaro fikr va loyiha takliflari bilan almashish, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va aniq kelishuvlarga erishishlari mumkin bo‘lgan platformani yaratish zarurligi qayd etildi. Tomonlar O‘zbekiston-BAA Ishbilarmonlar kengashi tuzilganini mamnuniyat bilan olqishlab, ikki mamlakat tadbirkorlarini muvaffaqiyatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikka chaqirdi.

 

Tadbir davomida ikki mamlakat biznes hamjamiyati vakillari o‘rtasida uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi. Tomonlar O‘zbekistonda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, o‘zaro manfaatli savdo bitimlarini tuzish imkoniyatlarini muhokama qildi.

 

Forum yakunida bir qator ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, O‘zbekiston-BAA Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekistonning «World Logistics Passport» xalqaro savdoga ko‘maklashish dasturiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekiston-BAA investitsiya kompaniyasi va «E20 Investments Ltd.» o‘rtasida O‘zbekistonda Gilos va rezavor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim, shuningdek, O‘zbekiston tomonidan Toshkent shahar Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi rahbariyati va BAA tomonidan Abu-Dabi iqtisodiy rivojlanish departamenti tasdiqlagan Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston-BAA Ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi | Zamon.uz