O'zbekiston

O‘zbekistonda bir kunda 846 kishida koronavirus aniqlandi, 11 nafar bemor vafot etdi

O‘zbekistonda 25 avgust kuni 846 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 152 363 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda bir kunda 846 kishida koronavirus aniqlandi, 11 nafar bemor vafot etdi

 

 

Yangi kasallanish holatlarining

  • 80 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,

  • 41 nafari Andijon viloyatida,

  • 15 nafari Buxoro viloyatida,

  • 29 nafari Jizzax viloyatida,

  • 15 nafari Qashqadaryo viloyatida,

  • 14 nafari Navoiy viloyatida,

  • 34 nafari Namangan viloyatida,

  • 81 nafari Samarqand viloyatida,

  • 25 nafari Sirdaryo viloyatida,

  • 29 nafari Surxondaryo viloyatida,

  • 86 nafari Farg‘ona viloyatida,

  • 27 nafari Xorazm viloyatida,

  • 122 nafari Toshkent viloyatida,

  • 248 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Shu kuni 684 kishi: Qoraqalpog‘istonda 87 nafar, Buxoroda 14 nafar, Jizzaxda 35 nafar, Qashqadaryoda 20 nafar, Navoiyda 20 nafar, Namanganda 58 nafar, Samarqandda 65 nafar, Surxondaryoda 20 nafar, Farg‘onada 94 nafar, Xorazmda 35 nafar, Toshkent viloyatida 101 nafar hamda Toshkent shahrida 135 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 144 998 nafarga yetdi.

 

Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1050 nafarni tashkil qilmoqda.

 

Bundan tashqari, 25 avgust kuni 353 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 22 144 nafarga yetdi. Shu kuni ularning 332 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 14 660 nafarni tashkil qilmoqda. So‘nggi sutkada 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 156 nafarga yetdi.

 

Bundan avvalroq, O‘zbekistonda yeyiladigan vaksina ishlab chiqilishi haqida xabar bergandik.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda bir kunda 846 kishida koronavirus aniqlandi, 11 nafar bemor vafot etdi | Zamon.uz