Jahon

Pandemiya qaysi sohalarga katta foyda keltirdi?

Uinston Cherchill “har qanday inqiroz–bu yangi imkonyatlardir”,-degan edi. Buni COVID-19 pandemiyasi yana bir karra isbotladi.

Pandemiya qaysi sohalarga katta foyda keltirdi?

 

 

Pandemiya, bir tomondan, jahon iqtisodiyotiga kuchli zarba bergan bo‘lsa, ikkinchi tarafdan, baʼzi sohalar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi. Ayrim kompaniyalar uchun bu tom maʼnoda “oltin asr”ni boshlab berdi. 2020 yilda texnologiya, sog‘liqni saqlash va boshqa tarmoqlarda yangi milliarderlar paydo bo‘ldi. Quyida 2020 yilda pandemiya tufayli katta daromad ko‘rgan kompaniya  va sohalar haqida so‘z yuritamiz.

 

Farmatsevtika korxonalari

 

Koronavirusning keng  tarqalishi, eng avvalo, dori-darmon va shaxsiy himoya vositalariga talabni keskin oshirib yubordi. Shu bois  baʼzi dori vositalari va tibbiy buyumlar taʼminotida tanqislik yuzaga keldi. Masalan, 2020 yil mart-aprel oylarida global miqyosda tibbiy niqoblar taqchilligi kuzatildi.

 

Baʼzi davlatlar bundan  katta daromad ko‘rdi. Xususan, Xitoy 2020 yil butun dunyoga 88.1 milliard dollarlikshaxsiy himoya vositalarieksport qildi.

 

Vaksinalar ishlab chiqarish boshlangach farmatsevtika kompaniyalari aksiyalari narxi keskin o‘sdi. Masalan, Moderna aksiyalari 2020 yilda 550 foizga, BionTech'niki esa pandemiya davrida 160 foizga oshdi. 2020yilda dunyo miqyosida sog‘liqni saqlash sohasida 50 nafar yangi milliarder paydo bo‘ldi.

 

Ulardan biri Serjio Stevanato. U Italiyaning “Stevanato Group” kompaniyasi boshlig‘i bo‘lib, shisha flakonlar ishlab chiqaradi. Forbes maʼlumotlariga ko‘ra, kompaniya mahsulotlari 40dan ortiq vaksinalar uchun foydalaniladi. Stevanto boyligi bir yil ichida 1.8 milliard dollarga yetdi.

 

Texnologik gigantlar

 

IT va texnologik korporatsiyalar kapitali ham pandemiya davrida keskin o‘sdi. Masofaviy ish va taʼlimning ommaviy joriy etilishi sohaga katta foyda keltirdi.

 

Masalan, Zoom platformasi onlayn taʼlim va ishda eng ko‘p ishlatilgan dastur bo‘ldi. Ushbu dastur 2020 yilning yanvarida atigi  90 ming marta yuklangan bo‘lsa, 11 martda bir kun ichida 343 ming yangi foydalanuvchiga ega bo‘ldi. Aprel oyidaesa ilova 160 million marta yuklangan.  Masofaviy taʼlim uchun Zoom eng muhim vositaga aylandi. Kopmaniya asoschisi Erik Yuanning boyligi 6 milliard dollardan oshdi.

 

Karantin tufayli ko‘ngilochar obyektlar faoliyati to‘xtatildi. Shundan keyin onlayn kinoteatr va ko‘ngilochar dasturlarga talab oshib ketdi. Masalan, Netflix obunachilari 2020 yilning  birinchi choragida 183 millionga yetdi. Bir yil, yaʼni 2020 yil davomida esa 15.77 million yangi foydalanuvchi qo‘shildi.

 

Yetkazib berish xizmati

 

Pandemiya tufayli yetkazib berish xizmati ham keskin rivojlandi. Kafe va restoranlar yopilishi, ko‘chalarda harakatning keskin chegaralab qo‘yilishi mahsulotlarni uyga yetkazib berishga ehtiyojini oshirdi. Kuryerlik xizmatini yaxshi yo‘lga qo‘ygan ovqatlanish shoxobchalari inqirozdan kam talafot ko‘rdi.

 

2020 yilda yetkazib berish xizmati bozori 4 baravar o‘sdi. Bundan ko‘plab kompaniyalar katta foyda ko‘rdi. Masalan, Xitoyning Meituan kompaniyasi kontaktsiz kuryerlik xizmatini joriy qilib,  uchuvchisiz qurilmalardan keng foydalandi. Natijada milliardlab dollar  foyda olib, umumiy kapitali 200 milliard dollardan oshib ketdi.

 

Shuningdek, AQSHning Manna, Starship Technologies va Nuro kompaniyalari ham innovatsion texnologiyalar –– robot va sunʼiy intellektni joriy qildi.

 

Pandemiya qiyinchiliklar bilan birga, yangi formatda biznes yuritishga imkon berdi. Ro‘y bergan o‘zgarishlar iqtisodiyotda fan-texnika yutuqlarini keng qo‘llash imkonini bermoqda.

 

Jahongir Qo'ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Pandemiya qaysi sohalarga katta foyda keltirdi? | Zamon.uz