Xitoy AQSH laboratoriyalarida tekshiruv o‘tkazishni talab qildi
Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Chen Syuy JSSTga AQSH biologik laboratoriyalarida koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha so‘rov yubordi. Bu haqda “Global Times” xabar berdi.


Bu Xitoyning koronavirus kelib chiqishini o‘rganish bo‘yicha qilgan birinchi rasmiy murojaati hisoblanadi. Syuy Fort-Detrik va Shimoliy Karolina universitetida tekshiruv o‘tkazishni talab qilgan. JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus qilingan murojatga 25 million xitoylikning imzosi ilova qilingan.
Diplomatning fikricha, virusning Uxan virusologiya institutidan tarqalib ketgani ehtimoli juda kam. “Agar Covid-19 ning laboratoriyadan tarqalib ketgani masalasi ochiq qolayotgan bo‘lsa, Fort-Detrik va Shimoliy Karolina universitetidagi laboratoriyalarda ochiq surishtiruvlar o‘tkazilishi kerak”, – degan Syuy.
Eslatib o‘tamiz Bundan avval AQSH maxsus xizmatlari Jozef Baydenga koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha hisobot taqdim etgan edi.
Jahongir Qo‘ziyev







