“Biz kelajak uchun javobgarmiz”
Ekologik partiyaning navbatdan tashqari III syezdida Oʻzbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod sifatida Narzullo Oblomurodov tasdiqlandi.


Qurultoyda milliy saylov qonunchiligining yangi tamoyillari, umume’tirof etilgan xalqaro standartlar asosida, ochiq va shaffof o‘tkazilishi, saylov kampaniyasi davrida barcha siyosiy partiyalar va ular tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar uchun sog‘lom raqobat muhiti, teng sharoit yaratilishi hamda Prezident saylovida O‘zbekiston Ekologik partiyasi birinchi marta ishtirok etayotgani alohida ta’kidlandi.
· “Yashil” iqtisodiyot tamoyillari asosida mamlakatni jadal rivojlantirishga yoʻnaltirilgan siyosatni yuritish;
· Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash qamrovini kengaytirish, oqova suvlarni tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish hamda yangilarni qurish choralarini koʻrish;
· Chiqindilarni qayta ishlashga qaratilgan davlat siyosatini kuchaytirish;
· Iqlim oʻzgarishlariga moslashish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish;
· Atmosferaga tashlanmalarni kamaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
· Jamiyatda yuksak ekologik madaniyatni shakllantirish, ona tabiatni, jumladan, oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrab-avaylash, ularga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda boʻlish hissini kuchaytirish;
· Global va transchegaraviy ekologik muammolarni hal qilishda xorijiy davlatlar, avvalambor, Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratish.
Qurultoyda Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov delegatlarni saylovoldi dasturi bilan tanishtirar ekan, saylovda nomzodning bosh shiori “Biz kelajak uchun javobgarmiz” ekanini ma’lum qildi.
Partiya delegatlari nomzodning saylovoldi dasturi bilan tanishib, uni bir ovozdan ma’qulladi. Syezd soʻnggida Ekologiya partiyasining lideri Boriy Alixonov Prezidentlikka nomzod shaxsning dasturida xalqaro hamjamiyat aloqalariga batafsil toʻxtalish kerakligi boʻyicha tavsiyalar berdi.







