O'zbekiston

Endilikda sug‘urta shartnomalari faqat davlat tilida tuziladi

Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisida “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi  qonun muhokama qilindi.

Endilikda sug‘urta shartnomalari faqat davlat tilida tuziladi

 

 

Mazkur qonunda sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (sug‘urta tashkilotlari, sug‘urta brokerlari, adjasterlar, assistanslar, aktuariylar, syurveyerlar) huquq va majburiyatlari aniq belgilandi .

 

Qolaversa, sug‘urta shartnomalarini elektron tarzda internet orqali tuzish jarayoni qonun bilan mustahkamlanadi. Yana bir muhim jihatlardan biri, qonun bilan endilikda, sug‘urta shartnomalarining faqat davlat tilida tuzilishi belgilanmoqda.

 

Umuman olganda, qonun sohadagi ko‘plab vazifalarni hal etishga qaratilmoqda. Jumladan, ushbu qonun bilan sug‘urta bozori professional ishtirokchilari faoliyatini jonlantirish, shuningdek, umumiy sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining rolini oshirish orqali sug‘urta bozori infratuzilmasini rivojlantirish va kengaytirish, sug‘urta xizmatlari isteʼmolchilari va sug‘urta faoliyatining boshqa subyektlari huquqlari himoyasini mustahkamlash, aholining bu boradagi savodxonligi va ishonchini oshirish, sug‘urta bozorining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash kabi masalalar kamrab olingan.

 

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq vazirlik va qo‘mitalarning aloqa operatorlari asosan rusiy zabonda so‘zlashi haqida yozgandik .

 

Bahriniso MADUMAROVA

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"