O‘zbekistonda aholi eng zich joylashgan hududlar maʼlum qilindi
O‘zbekistonda aholi eng zich joylashgan hududlar maʼlum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Qo‘mita maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga 1 kvadrat kilometr maydonga to‘g‘ri keladigan aholi soni eng zich joylashgan hududlar quyidagicha:
-
Toshkent shahrida – 7 554,4 kishi
-
Andijon viloyatida – 741,4 kishi
-
Farg‘ona viloyatida – 565,1 kishini tashkil etgan.
Avvalroq O‘zbekiston aholisining etnik tarkibi maʼlum qilingani haqida xabar berilgandi.







