Jo Bayden: “Amerika teraktni javobsiz qoldirmaydi”
AQSH razvedkasi Kobuldagi teraktni ISHID uyushtirgan, deb hisoblaydi. Shu bois AQSH terrorchilarga munosib javob tayyorlayapti.


AQSH razvedkasi Kobuldagi teraktni ISHID uyushtirgan, deb hisoblaydi. Shu bois AQSH terrorchilarga munosib javob tayyorlayapti.
AQSH prezidenti buni shunchaki qoldirmasligini, uning ortida turganlarni jazolash uchun hamma imkoniyatni ishga solishini aytdi. Bayden terrorchilarga zarba berish rejasi tuzilayotganini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni Kobul aeroporti binosi yonida xudkushlar ikkita portlash uyushtirdi. Oxirgi maʼlumotlarga ko‘ra, kamida 100 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida 13 amerikalik harbiy bor.
Avvalroq, AQSH prezidenti Jozef Bayden Oq Uyda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan bayonot bergani to‘g‘risida xabar bergandik.
Nasiba To‘xtayeva







