O'zbekiston

Prezident: «Yoshlarimizni endi orqaga qaytarib bo‘lmaydi»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida “Navoiyazot” aksionerlik jamiyatiga tashrif buyurdi va hudud faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezident: «Yoshlarimizni endi orqaga qaytarib bo‘lmaydi»

 

 

Prezident tadbir davomida taʼlim masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

 


  “Yangi majmualarni ishga tushiryapmiz, ish o‘rinlari yaratyapmiz. Mana shu PVX ishlab chiqarish majmuasini ishga tushirish jarayonini bevosita kuzatib bordim, hisobot berib borishdi. Ikki marta ishlab chiqarish to‘xtab ham qoldi. Lekin xorijlik hamkorlarimizni hayratlantirgan holda, o‘zimizning mutaxassislar ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘ydilar.

Men bejizga taʼlimga eʼtibor bermayman. Agar farzandlarimiz yaxshi taʼlim olishsa, yaxshi mutaxassislar bo‘lib yetishadi. Bizga yosh kadrlar zarur, yangi texnologiyalarni ishlata oladigan yigit-qizlar zarur. Tadbirda qatnashayotgan yoshlar – eslab qolinglar, qachondir PVX ishlab chiqaramiz deganda hech kim ishonmagandi. Endi oldimizga yangi-yangi rejalar qo‘yamiz va albatta amalga oshiramiz. 

Yoshlarimizni endi orqaga qaytarib bo‘lmaydi. Navoiy yoshlarining ham orzu-istaklari katta.

Kelajakda eksport hajmini 3,5 mlrd dollarga chiqarmoqchimiz. Mana shu korxona mahsulotiga ham hozir jahon bozorida katta talab bor”, – dedi prezident.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat rahbari Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida yangi barpo etilgan quyosh fotoelektr stansiyasining ramziy ishga tushirilish marosimida ishtirok etdi va shu yerda hudud faollari bilan uchrashuv o‘tkazgani to‘g‘risida xabar bergandik.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident: «Yoshlarimizni endi orqaga qaytarib bo‘lmaydi» | Zamon.uz