O'zbekiston

Surxondaryoda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratiladi

Prezident tomonidan “Surxondaryo viloyatida qulay investitsiya muhitini yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Surxondaryoda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratiladi

 

 

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan quyidagi mablag‘lar ajratiladi:

 

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 100 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar, shundan:

 

  • 30 mln dollar – 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 10 foiz stavkada, 7 yil muddatga "Milliy bank" AJga. Ko‘rsatilgan bank tomonidan – boshqa tijorat banklariga moliyaviy resurs ajratish orqali "Bir mahalla - bir mahsulot" tamoyili asosida amalga oshiriladigan loyihalarga kredit berish uchun. Bunda, tijorat banklari, shu jumladan "Milliy bank" AJ tadbirkorlik subyektlariga MBning asosiy stavkasiga teng bo‘lgan yillik foiz stavkasida kreditlar ajratadi;

  • 10 mln dollar – “Turonbank” ATB ustav kapitalidagi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ulushini oshirish orqali Surxondaryo viloyatida limonchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun;

  • 60 mln dollar – 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 7 foiz stavkada, 7 yil muddatga "Milliy bank" AJga. Ko‘rsatilgan bank tomonidan – boshqa tijorat banklariga moliyaviy resurs ajratish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan mahalla hududlarida “yetakchi” tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun. Bunda, tijorat banklari, shu jumladan "Milliy bank" AJ “yetakchi” tadbirkorlik subyektlariga har bir mahalla uchun 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ni yillik 10 foiz stavkada ajratadi;

  • 50 mln dollar – 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 2,5 foiz stavkada, 10 yil muddatga "Milliy bank" AJga. Ko‘rsatilgan bank tomonidan - boshqa tijorat banklariga moliyaviy resurs ajratish orqali viloyatda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishidagi yangi loyihalarni moliyalashtirish, zarur infratuzilmani yaratish hamda eksportyorlarni aylanma mablag‘ bilan taʼminlash uchun.

 

Tog‘li va yerlari sho‘rlangan hududlarida yangidan tashkil etiladigan va shu hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat ko‘rsatadigan yangi tadbirkorlik subyektlari uchun (klasterlar bundan mustasno) 2021 yil 10 sentyabrdan 2024 yil 1 yanvarga qadar foyda solig‘ining amalda belgilangan stavkasi 50 foizga pasaytiriladi. Ularning ro‘yxati xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan belgilab beriladi.

 

Surxondaryo viloyatining mahalliy sanoat korxonalari O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan hamda faqat o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan asbob-uskuna, butlovchi va ehtiyot qismlar uchun bojxona to‘lovlari (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan 2024 yil 1 iyulga qadar ozod qilinadi.

 

Mahallabay ishlash markazlari Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida 2021 yil 1 sentyabrdan, Surxondaryo viloyatining qolgan tuman (shahar)larida 2021 yil 1 noyabrdan tashkil etiladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

 

  • Surxondaryo viloyati Termiz shahri hokimligi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasi;

  • Surxondaryo viloyati tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi.

 

Eslatib o‘tamiz, poytaxtimizdagi Xalqaro anjumanlar saroyida 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotida “Tadbirkorlar  — mening eng katta ishongan kuchim", deya taʼkidlagandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Surxondaryoda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratiladi | Zamon.uz