O'zbekiston

Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralari o‘zgartirildi

Senatning o‘n sakkizinchi yalpi majlisida Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralari o‘zgartirildi

 

 

Toshkent shahri aholisi soni 2021 yil 1 iyul holatiga 2,7 mln kishini tashkil etib, joriy yil boshiga nisbatan 42,8 ming kishiga o‘sgan, aholining zichligi 1 km kv.ga 7 564 kishini tashkil etadi. 

 

Yalpi majlisda muhokama qilingan ushbu masala Senat qarori bilan Toshkent viloyatidan 7 853,3 gektar yer maydoni Toshkent shahriga, Toshkent shahridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi belgilanmoqda.

 

Jumladan, Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan 1 827,1 gektar (shundan, 424,2 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Sergeli tumani tarkibiga, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidan 490,0 gektar (shundan, 154,2 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidan 1 134,2 gektar (shundan, 578,2 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga, Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 294,6 gektar (shundan, 1 090,9 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga, Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 107,4 gektar (shundan, 1 002,6 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Yashnobod tumani tarkibiga, Toshkent shahrining Sergeli tumanidan 33,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga, Toshkent shahrining Bektemir tumanidan 137,5 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga o‘tkazilmoqda.

 

Bundan tashqari, Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazilayotgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan (sug‘oriladigan) yerlarni boshqa maqsadlar uchun ajratish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Toshkent shahriga o‘tkazilayotgan Toshkent viloyatining tegishli hududlaridagi saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari tegishlicha Toshkent shahri xalq deputatlari hisoblanishi belgilanmoqda.

 

Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga o‘tayotgan hududlarda 42 ta MFY mavjud bo‘lib, bugungi kunda ushbu hududlarda 95 872 nafar aholi (23 249 ta oila, 29 010 ta xonadon mavjud) istiqomat qiladi. Ushbu hududlarda 15 ta (2025 o‘rinli) maktabgacha taʼlim tashkiloti, 16 ta (8756 o‘rinli) umumtaʼlim maktablari va 6 ta oilaviy poliklinika mavjud.

 

Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga o‘tkazilgan hududlarni muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish bo‘yicha Hukumatning alohida qarori qabul qilinishi belgilanmoqda.

 

Hukumat qarori bilan Toshkent viloyati va shahrining bir-biriga o‘tkazilayotgan hududlarida yashovchi aholi xatlovdan o‘tkazish orqali yangi manzil bo‘yicha qayta ro‘yxatga olinadi. Viloyat va shahar mahalliy byudjetining hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlari qayta ko‘rib chiqilib, tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Aholi va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulklari kadastr hujjatlariga o‘zgartirish kiritiladi. Aholi va yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqamlarini o‘zgartirish va guvohnoma berish kabi masalalar hal etiladi.

 

Mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

 

Avvalroq, O‘zbekistonda aholi eng zich joylashgan hududlar maʼlum qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralari o‘zgartirildi | Zamon.uz