“ArMI-2021” musobaqasida O‘zbekiston faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari “ArMI—2021” xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Tyumen viloyatidagi dala o‘quv maydonida o‘tkazilgan “Muhandislik formulasi” musobaqasida ikkinchi o‘rinni egalladi.


Musobaqa doirasida jamoalar uzunligi 4 kmga teng yo‘l bo‘ylab qurol va harbiy texnikalarni suvli to‘siqlardan suzishga mo‘ljallangan transportyorlardan foydalangan holda olib o‘tdi.
Musobaqada “BAT-2” yo‘l yotqizgichi, “IMR-3” to‘siqlarni tozalash mashinalari, “PTS-2” suzuvchi transport vositasi va “MDK-3” qazish mashinalaridan foydalanilgan.
Final boshqichida to‘rt jamoa ishtirok etdi.
Shohsupaning yuqori pog‘onasi Rossiya Federatsiyasi jamoasiga nasib etdi.







