Jeki Chan O‘zbekistonga keldimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Jeki Channing “Tashkent City”dagi planetariyada anʼanaviy o‘zbek choponida, o‘zbek qizining qo‘lidan non olayotgan holati tasvirlangan suratlar tarqaldi.


Aktyorning g‘ayrioddiy kiyimdagi suratlarini ko‘rgan har qanday kishi “Jeki Chan Toshkentga keldi”, deb o‘ylashi turgan gap.
Aktyorning bu surati tarmoq foydalanuvchilari tomonidan turli fikr-mulohazalarga sabab bo‘ldi. Baʼzilar Cheki Chan yangi film olish uchun kelganini aytayotgan bo‘lsa, boshqalari mumsimon haykalligini taʼkidlamoqda.
“Tashkent City” o‘zining Instagram‘dagi sahifasida bu suratga: “Tashkent City” sayilgohida hurmatli mehmonni kutib olish marosimi”, deya izoh qoldirgan.
Jeki Channing atrofida juda ko‘p mish-mishlar yuradi. Masalan, aktyor vafot etgani, shuningdek, o‘tgan yili u koronavirusga chalinib, karantinga olingani, so‘ngra ahvoli og‘irlashib, shifoxonaga yotqizilgani, shular jumlasidan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jeki Chan Xitoyning kommunistik partiyasiga aʼzo bo‘lishni istashi haqida xabar berilgandi.
Akram Xamroqulov







