O'zbekiston

O‘zbekistonda kambag‘allikning rasmiy chegarasi belgilandi

“Minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

O‘zbekistonda kambag‘allikning rasmiy chegarasi belgilandi

 

Qarorga ko‘ra, minimal isteʼmol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik mezoni (yoki chegarasi) sifatida foydalaniladi.

 

2022 yildan boshlab, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish jarayonida qo‘llanadigan va jon boshiga to‘g‘ri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal isteʼmol xarajatlariga tenglashtiriladi.

 

Har yili avgust oyigacha minimal isteʼmol xarajatlari qiymatining prognoz parametrlari inflyatsiya kutilmalaridan kelib chiqib hisoblanadi.

 

Minimal isteʼmol xarajatlari va kambag‘allik darajasi har yilgi hisobot yilida inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, keyingi yilning 20 yanvariga qadar eʼlon qilib boriladi.

 

Minimal isteʼmol xarajatlari tarkibi kamida har 5 yilda qayta ko‘rib chiqiladi.

 

Qaror bilan aholining minimal isteʼmol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 mayida minimal isteʼmol xarajatlari 440 ming so‘m etib belgilangandi. Bu qiymat ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga moddiy ko‘mak berishda muhim ahamiyatga egaligi taʼkidlangandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda kambag‘allikning rasmiy chegarasi belgilandi | Zamon.uz