Senegal sohilida muhojirlar o‘tirgan qayiq ag‘darilib ketdi
Qayiq ichida 60 ga yaqin muhojir bo‘lgan. 48 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda “Reuters “ Senegal armiyasi bayonotiga asoslanib xabar bermoqda.


Taʼkidlanishicha, mamlakat harbiy -dengiz kuchlari kemasi Senegal daryosi og‘zidan 35 kilometr uzoqda ag‘darilgan qayiq haqida xabar olganidan keyin 11 yo‘lovchini qutqarib, bir jasadni suvdan chiqarib olishga muvqffaq bo‘lgan.
Qutqarilganlarning sakkiz nafari Senegal fuqarosi, uch nafari gambiyalik. Qidiruv -qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Avval xabar qilinganidek, Tunis sohili yaqinida yuzga yaqin muhojir qutqarilgan edi.
Nasiba To‘xtayeva







