Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 27 avgustdagi farmoni bilan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenkoni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.


Mukofot «O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilikni mustahkamlashga faol qo‘shgan saʼy-harakatlari, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi ko‘p qirrali O‘zbekiston—Rossiya hamkorlik dasturlari va loyihalari, shu jumladan, mintaqalararo o‘zaro aloqa va ikki tomonlama madaniy-gumanitar almashinuv salohiyatini to‘liq ochib berishga qaratilgan loyihalarni samarali amalga oshirishga qo‘shgan hissasi» uchun berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Shavkat Mirziyoyev Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori Anatoliy Torkunovni, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq prezidenti Suma Chakrabarti, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni ham “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlagandi.







