Isroil G‘azo sektoriga havo hujumlarini boshladi
Isroil armiyasi Falastin hududida yong‘inlarga sabab bo‘lgan holatga javoban yakshanba kuni erta tongda G‘azo sektoriga havo hujumlarini uyushtirdi.

Bu haqda “ru.euronews.com” xabar berdi.
Zarba nishonlari Hamas harakatining o‘quv bazasi, Isroilga qarshi ishlatiladigan bombalar ishlab chiqarish zavodi va Jabaliya shahri yaqinidagi yerosti tunneliga kirish qismlari bo‘lgan.
Shanba kuni kechasi Isroil va G‘azo sektorining chegarasida ham to‘qnashuvlar boshlangan.
Hamas tarafdorlari askarlarga tosh va qo‘lda yasalgan portlovchi qurilmalar bilan hujum qilgan. Bunga javoban askarlar ko‘z yosh oqizuvchi gaz va granatalar ishlatgan.
To‘qnashuvda 11 nafar falastinlik jarohat olgan. Isroil Bosh vaziri Naftali Benet prezident Jo Bayden bilan uchrashuvda, Hamas Islom harakati nazoratidagi G‘azo sektorida vaziyatni murakkablashtirgani uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azo sektoridagi bozorda portlash ro‘y bergandi.







