O'zbekiston

Qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratilmaydigan bo‘ldi

Hukumat yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamenti tasdiqladi.

Qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratilmaydigan bo‘ldi

 

 

Bu haqda Huquqiy axborot telegram kanali xabar berdi.  

Reglamentga ko‘ra, yuridik yoki jismoniy shaxslarning egaligida, foydalanishida, ijarasida yoki mulkida bo‘lgan yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ulardan olib qo‘yilgandan (sotib olingandan) va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin beriladi.

Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash ishlari buyurtmachi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan shartnoma asosida bajariladi.

Shartnoma tuzilgandan keyin 20 ish kuni davomida elektron shaklda yer uchastkasi ajratish haqida hujjatlar yig‘majildi tayyorlanadi va “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.

Hokimliklar hujjatlar yig‘majildini olgandan so‘ng uni 5 ish kuni davomida o‘rganadi hamda davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun buyurtmachiga yuboradi. Davlat ekologik ekspertizasi Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan 20 ish kuni davomida o‘tkaziladi.

Keyin hujjatlar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 3 ish kuni davomida o‘rganib chiqilib, ajratiladigan yer uchastkasi bo‘yicha xulosa tayyorlanadi. Shunga ko‘ra, yer uchastkasini ajratish materiallari vakolatli organlar bilan kelishiladi.

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilingach, shu asosda 3 ish kunida yer uchastkasi chegaralari joyida (naturada) belgilanadi. Buning uchun BHMning uch yarim baravari miqdorida haq undiriladi. Huquqiy ekpertiza yakuni bo‘yicha hududiy adliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.

Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga yoki foydalanishga faqat yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi. Qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotlar faoliyati qonuniylashtirilgandi hamda emlangan talabalarga to‘lov kontraktda chegirma berilishi aytilgandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratilmaydigan bo‘ldi | Zamon.uz