“Yangi O‘zbekiston” bog‘i atrofidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi
2021 yil 31 avgust hamda 1-2 sentyabr kunlari Qibray tumanida barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘i atrofidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanishi mumkin.

Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.
Bunga sabab hududda barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuning uchun Temur Malik hamda Ohangaron shoh ko‘chalari kesishmasidan boshlab “Maxtumquli-Istiqlol” avtomobil yo‘li bo‘ylab 4R-12 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan masofada transport vositalari harakati cheklanishi mumkin.
Tirbandliklarni oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya etiladi. Barcha haydovchilardan bayram tadbirlari vaqtida tartibga soluvchilarning ishoralari hamda yo‘l belgilari talablariga rioya qilishlarini so‘raymiz, deyilgan xabarda.







