O‘zbekistonda yana 795 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 5 nafar bemor vafot etdi
O‘zbekistonda 29 avgust kuni 795 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 155 639 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.


Yangi kasallanish holatlarining
-
86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
-
30 nafari Andijon viloyatida,
-
16 nafari Buxoro viloyatida,
-
21 nafari Jizzax viloyatida,
-
20 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-
14 nafari Navoiy viloyatida,
-
23 nafari Namangan viloyatida,
-
68 nafari Samarqand viloyatida,
-
25 nafari Sirdaryo viloyatida,
-
28 nafari Surxondaryo viloyatida,
-
85 nafari Farg‘ona viloyatida,
-
33 nafari Xorazm viloyatida,
-
115 nafari Toshkent viloyatida,
-
231 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Taʼkidlash kerakki, O‘zbekistonda kunlik kasallanish bo‘yicha 800 kishidan past ko‘rsatkich so‘nggi bor 26 iyul kuni qayd etilgandi — o‘shanda 789 kishida COVID-19 tasdiqlangan.
Shu kuni jami 660 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 78 nafar, Buxoro viloyatida 41 nafar, Jizzax viloyatida 19 nafar, Qashqadaryo viloyatida 22 nafar, Navoiy viloyatida 28 nafar, Namangan viloyatida 30 nafar, Samarqand viloyatida 90 nafar, Surxondaryo viloyatida 35 nafar, Farg‘ona viloyatida 70 nafar, Toshkent viloyatida 105 nafar, Toshkent shahrida 142 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 147 903 nafarga yetdi.
Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1075 nafarni tashkil qilmoqda.







