Shavkat Mirziyoyev: "Biz 11 yil to‘liq o‘qimaganmiz, darslarni katta qismi paxta dalasida o‘tgan"
Ayni paytda poytaxtdagi Ko‘ksaroy qarorgohida yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan vatandoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.


Ilgari paxta sotish uchun kvota iltimos qilib yurardik. Hozir bunaqa narsalar yo‘q, aksincha bizda ishlab chiqarish rivojlanib, o‘zimiz boshqalardan paxta sotib olishni boshladik.
Bizni davrimizda 11 yil to‘liq o‘qimaganmiz, chunki maktabdagi juda katta vaqtimiz paxta dalasida o‘tar edi-ku. Bir o‘quv yilida necha oy paxtada bo‘lishimizni bir eslaylik. Kuchimiz eng yetgani maktab direktori bilan shifokorlar edi. Hammani majburlab dalalarda ushlar edik.
Bitta qaror bilan 6 mln terimchini paxta dalasidan oldik-ku. Bola mehnati, majburiy mehnatlarga barham berdik. Mana, hech narsa o‘zgarmadi. To‘g‘ri tizimni yo‘lga qo‘ydik, kimga paxta kerak bo‘lsa, o‘zi terib olyapti.
Avvalroq davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev «Sanʼatkorlarga qahramonlik bersak bo‘larmikin, o‘ylab ko‘ring» deyishgandi. O‘ylab ko‘rdim va aytaman – berish kerak» — deya taʼkidladi.







