Yamandagi harbiy bazaga uchta ballistik raketa bilan zarba berildi
Yaman janubida joylashgan Lahj viloyatidagi Al-Anad harbiy bazasiga berilgan raketa zarbasi natijasida 40 askar halok bo‘ldi, 60 dan ortig‘i yaralandi.


Ayrim yaradorlar og‘ir ahvoldaligi aytilmoqda, qurbonlar soni ortishi mumkin. Baʼzi harbiylar jasadi butunlay yo‘q bo‘lib ketgan. Bu haqda “Anadolu” nashri xabar berdi.
Harbiy bazaga uchta ballistik raketa yo‘llangan. Hozircha hujum uchun hech bir guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Yamanda yoqilg‘i quyish shoxobchasiga qilingan raketa hujumi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan edi.
Nasiba To‘xtayeva







