Jahon

Ahmad Maʼsud “Tolibon”ga shart qo‘ydi

Panjsher viloyatida qarshilik fronti rahbari Ahmad Maʼsud toliblarga qarshi kurashni to‘xtatish shartini maʼlum qildi. Bu haqda u “Foreign Policy” jurnaliga bergan intervyuda aytgan.

Ahmad Maʼsud “Tolibon”ga shart qo‘ydi

 

 

“Agar ‘Tolibon‘ hammani hokimiyatga jalb qilsa adolat  o‘rnatsa, Afg‘onistonda barchaga tenglik va erkinlik bersa, men qurolimni tashlab, siyosatni tark etaman”, - degan Masʼud.

 

Qo‘mondonning fikricha, toliblar bilan faqat inklyuziv hukumat tuzilsa va markazlashtirilmagan hokimiyat o‘rnatilgan taqdirdagina muzokaralarga kelishish mumkin, qolgan barcha variantlar nomaqbul hisoblanadi. Aks holda Panjsher qarshilik ko‘rsatishda davom etadi.

 

Masʼud chet eldan hech qanday moliyaviy yordam olmayotganini aytdi. Toliblarni esa, aksincha ko‘plab mintaqa davlatlari qo‘llab-quvvatlamoqda.

 

“Qochib ketgan G‘ani hukumati ko‘plab davlatlarni ‘Tolibon‘ tarafga o‘tishga majbur qildi. Ularning etnik va diniy siyosatidan tortib suv taʼminotigacha bo‘lgan harakatlari ko‘plab qo‘shnilarni toliblar bilan yaqinlashishga majbur qildi. Bunga yana bir sabab-AQSH qo‘shinlari bo‘ldi”,- degan Panjsher yetakchisi.

 

15 avgust kuni “Tolibon” tomonidan Kobul egallanib, Afg‘onistonda hokimiyat qo‘lga olinganligi eʼlon qilindi. Hozirda Panjsher viloyatigina harakat tomonidan nazorat qilinmaydi. Panjsherda hozirda etnik tojiklar Ahmad Masʼud boshchiligida “Qarshilik fronti”ni tuzgan. Viloyat Afg‘onistondagi eng kichik va aholisi kam hududlardan sanaladi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Ahmad Masʼud butun Afg‘oniston uchun kurash olib borayotganini maʼlum qilgan.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Ahmad Maʼsud “Tolibon”ga shart qo‘ydi | Zamon.uz