AQSH Afg‘onistondagi missiyasi tugaganini rasman maʼlum qildi
AQSH Mudofaa vazirligi AQSHning barcha harbiy xizmatchilari Afg‘onistonni tark etgani haqidagi maʼlumotni tasdiqladi.

«Oxirgi samolyot uchdi. Urush tugadi», deb yozmoqda AQSHlik harbiy muxbir Navid Jamali Pentagondagi o‘z manbasiga tayanib.
Bu maʼlumotni AQSH Markaziy qo‘mondonligi boshlig‘i, dengiz piyodalari generali Kennet Makkenzi ham tasdiqladi.
Shu tariqa AQSH endi Kobul aeroportini nazorat qilmasligi maʼlum qildi.
Eslaib o‘tamiz, avvalroq "Tolibon” harakati rahbarlari AQSHga 31 avgustga qadar mamlakatdan harbiy kontingentini olib chiqmasa, javob choralari qattiq bo‘lishi mumkinligi bilan tahdidi qilgani xaqida xabar bergan edik.







