O'zbekiston

Mustaqillik stellasi haqida qiziqarli faktlar

Bugun Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismida Qibray tumanida “Yangi O‘zbekiston” bog‘i ochildi.

Mustaqillik stellasi haqida qiziqarli faktlar

 

 

 “Agar yuqoridan nazar tashlasangiz, bog‘ning shakli ulkan daraxtning beshta shoxiga o‘xshaydi. Bu Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishini ifoda etadi.

 

 

Bu go‘zal bog‘da poytaxtimiz aholisi, Toshkent viloyati va barcha hududlarimizdan, xorijdan keladigan mehmonlar yayrab dam olishi, oilasi, farzandlari bilan birga mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. 

 

Bu yerda sunʼiy ko‘l, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, amfiteatr, favvoralar, savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari, hunarmandchilik do‘konlari barpo etildi va etilmoqda”, — dedi Prezident.

 

Bog‘ning maydoni 105 gektarni tashkil etadi. Bog‘da 2 ta qurilish obyekti mavjud — biri mustaqillik stellasi, ikkinchisi 5 ming kishilik o‘rindiqqa mo‘ljallangan amfiteatr. Stellaning balandligi 60 metr, eni 5 metr. Uning ichki qismi esa O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixini o‘zida mujassam etgan. Shuningdek, bu stellada O‘zbekiston shaharlarini aks ettiruvchi bir qancha belgilar bor. Masalan, Samarqand shaxridagi Registon majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Buxoro, Xiva va Termiz shaharlari, qolaversa, O‘zbekistonning qolgan hududlarni aks ettiruvchi memoriy ishlanmalar mavjud. Ushbu stellaga kiraverishda uch va besh zinapoyaga ko‘zingiz tushadi. Ilk uch zinapoya uchinchi renessans davrini anglatsa, keyingi besh zinapoya esa yangi O‘zbekistonning kelajakda rivojlanishi uchun 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini anglatadi.

 

 

Uning qurilishida 420 kishi ishtirok etdi. Umuman olganda, bu stellani yaratishda 6 minga yaqin kishi jalb qilingan.

 

 

Uning chap qismida birinchi renessans davri tasvirlangan. Bu yerda al-Xorazmiy davri va Buyuk Ipak yo‘li orqali amalga oshirilgan ilk savdo-sotiq rivojlanishi aks ettirilgan. Ikkinchi qismida esa ikkinchi renessans bo‘limi qad rostlagan bo‘lib, Mirzo Ulug‘bek va Amir Temur siymolari aks ettirilgan.

 

 

Mustaqillik monumentida O‘zbekistonning qadimgi tarixidan boshlab to bugungi kunga qadar yuz bergan eng muhim voqealar muhrlangan.

 

Buyuk sarkarda va jahongirlar, alloma va mutafakkirlar, jadid bobolarimizning o‘lmas siymolarini aks ettirilgan.

 

 

O‘zbekistonning sobiq mustabid tuzum davridagi og‘ir va mashaqqatli hayoti, qatag‘on siyosati, xalqimizning Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorat va matonati lavhalarda ko‘rsatilgan.

 

“G‘oyat qiyin va murakkab sharoitda respublika ravnaqini, xalqimizning tinchligi va omonligini o‘ylab, o‘zini ayamasdan xizmat qilgan atoqli davlat arboblarimiz faoliyati ham atroflicha yoritildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov rahbarligida xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lini aks ettirish eʼtibor markaziga qo‘yildi”,- dedi davlatimiz rahbari.

 

Monument poyiga:  “Xalqimiz tarixida ezgu iz qoldirgan barcha ajdodlarimiz doimo qalbimizda”, — degan so‘zlar bitilgan.

 

 

Bog‘ga Italiyadan keltirilgan daraxtlar va lolalar ekilgan.

 

 

 

Bahriniso Madumarova

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.