O‘zbekiston Italiyadan qahva importi hajmini oshirdi
O‘zbekiston 27 ta xorijiy davlatdan qahva import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumot bermoqda.


Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 27 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,0 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 196,4 tonna qahva import qilgan.
Qahva importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 257,6 ming AQSH dollariga ko‘p.
O‘zbekiston o‘tgan 7 oy mobaynida qahva import qilgan asosiy davlatlar quyidagicha:
-
Rossiya – 57,4 tonna;
-
Italiya – 52,6 tonna;
-
Braziliya – 34,0 tonna;
-
Vyetnam – 22,6 tonna;
-
Belarus – 13,1 tonna;
-
Germaniya – 2,8 tonna;
-
Turkiya – 2,7 tonna.
Avvalroq 2021 yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan O‘zbekistonga qiymati 85 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,7 mln tonna sement import qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.







