Jahon

Beslan. 2004 yil 1 sentyabr. Maktabdagi teraktga 17 yil bo‘ldi

Terrorning asl yuzini ko‘rsatgan kun. Beslan fojealariga 17 yil to‘ldi.

Beslan. 2004 yil 1 sentyabr. Maktabdagi teraktga 17 yil bo‘ldi

 

 

Kutilmagan hujum

 

2004 yil 1 sentyabr Beslanda odatiy boshlandi.  Shu kuni yangi o‘quv yili boshlanishi kerak edi va hamma maktabga oshiqardi.

 

Shahardagi 1 maktabda har yilgidek birinchi qo‘ng‘iroq tadbiri boshlandi. Ammo kutilmaganda bir guruh qurolli odamlar bostirib keldi va hammani garovga olinganini eʼlon qildi. Shugdan keyin 1100 ga yaqin maktab o‘quvchilari, ota-onalar va pedagoglar maktab sportzaliga qamab qo‘yildi.

 

Ular kim edi?

 

Keyinchalik terrorchilarning barchasi Shimoliy Kavkazdan, Chechenistondan kirib kelganligi aniqlandi. o‘sha paytda Rossiya Chechenistonda antiterror operatsiyasi o‘tkazayotgan edi. Ushbu terakt orqali jangarilar Rossiyaning maʼlum yon berishga majbur qilmoqchi bo‘lgan.

 

Terrorchilar maktabga bostirib kirishni puxta rejalashtirilgan, bino yaxshi o‘rganilgan. Shuningdek, maktabni garovga olish jamiyatda katta aks-sado berishi hisobga olingan. Ularning umumiy soni 32 nafar deb ko‘rsatilgan.

 

Jangarilar 3 kun davomida mingdan ortiq kishini garovda ushlab turdi. Keyinchalik ozod qilinganlar qanday sharoitlarda saqlanganini so‘zlab bergan.

 

 

Masalan, terrorchilar dastlab suv va taom tarqatib turgan bo‘lsa, keyinchalik bundan hammani mahrum qilgan. Bu asirlar orasida xosizlik, xushdan ketishning ko‘payishiga sabab bo‘ldi.

 

Terrorchilar faqat rus tilida so‘zlashishni buyurdi. Buni bajarmaganlar ayovsiz jazolandi. Masalan, garovga olingaldan biri-Ruslan Betrozov osetin tilida bolalarni tinchlantirishga uringanda otib tashlandi.

 

Xalqaro hamjamiyat teraktni keskin qoralab chiqdi. BMT xavfsizlik kengashi terrorchilardan barchani darhol ozod qilishni talab qildi. Ammo ular bu talabni ham inkor qildi.

 

3 sentyabr kuni maktabda ikkita portlash sodir bo‘ldi. Bir necha daqiqadan keyin asirlar qochib chiqa boshladi, terrorchilar ularga qarata o‘q uzishi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi.

Shu kuni  huqukuni muhofaza qilish organlari aʼzolari binoga xujum boshladi. Jangarilar bundan avval mudofaaga puxta tayyorgarlik ko‘rgan, barrikadalar tiklangan. Hujum oqibatida terrorchilar bilan birga ko‘plab harbiylar va garovga olinganlar halok bo‘ldi.  Qurbonlarning umumiy coni 337 nafarni tashkil etib, shundan 186 nafarini bolalar tashkil etgan. Minglab insonlar qalbida Beslan terakti dahshatli iz qoldirdi.

 

Beslan chempionlari

 

 

 

Oradan yillar o‘tib Beslandan ikki Olimpiya chempionlari yetishib chiqdi.

 

Artur Nayfonov garovga olinganlar orasida bor edi. u usha yili 7 yoshga kirgan.  terakt vaqtida Nayfonov opasi va onasi bilan edi. Artur fojeada onasini yoqotdi. Shunlan keyin sport bilan shug‘ullanishni boshlaydi. Tokio 2020 da Nayfonov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

 

Zaurbek Sidakov ham asirlar ichida bo‘lgan. Qizig‘i Sidakov sportga qaytmasligi ham mumkin edi, sababi teraktan so‘ng ota-onasi ikki oy mashg‘ulotlarga yubormagan. Ammo u barcha to‘siqlarni yengib o‘tdi. 2 yil avval Yevropa chempioni bo‘lganida g‘alabani Beslan qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.