Bugun respublikada havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi
Bugun kunduz kuni respublikada havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 30-35 daraja issiq atrofida bo‘ladi.


Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32-34 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 20-25 daraja issiq bo‘ladi.







