O‘zbekiston bayrog‘i Markaziy Osiyodagi eng baland cho‘qqilardan birida hilpiradi
Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida “O‘zbek sayyohi” va “Sirli O‘zbekiston” jamoasi aʼzolari Pomirning eng baland cho‘qqilarini zabt etdi va ularga O‘zbekiston bayrog‘ini o‘rnatdi. Bu haqda “Sirli O‘zbekiston” jamoasining Facebook sahifasida maʼlumot berilgan.


Qayd etilishicha, bayroqni “Uzbek Tourist” va “Tainstvenniy Uzbekistan” jamoa aʼzolari o‘rnatishdi.

“O‘zbek sayyohi” jamoasining aʼzosi Diyor Haydarov 7134 metr balandlikdagi Abu Ali ibn Sino cho‘qqisida (Lenin cho‘qqisi), “Sirli O‘zbekiston” jamoasi aʼzosi Ilhom Ikromov esa balandligi 6100 metr bo‘lgan “Razdelnaya” cho‘qqisida O‘zbekiston Davlat bayrog‘ini ko‘tardi.


Noqulay ob-havo sharoiti tufayli sayyohlarning cho‘qqiga chiqishi uchun 18 kun kerak bo‘lgan, deyiladi maʼlumotda.







