O'zbekiston

Turkiya Prezidenti mamlakatimiz yetakchisi va barcha o‘zbekistonliklarni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

1 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Turkiya Prezidenti mamlakatimiz yetakchisi va barcha o‘zbekistonliklarni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

 

 

Suhbat avvalida Turkiya rahbari davlatimiz rahbari va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqini yurtimiz mustaqilligining 30-yilligi bilan samimiy qutladi. Do‘st Turkiya xalqi nomidan O‘zbekistonga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi.

 

Prezidentlar ikki tomonlama hamkorlik kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.

 

Joriy yil boshidan o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari ikki barobar o‘sgani va 240 dan ortiq qo‘shma korxona tashkil etilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Mamlakatlarimiz yetakchi kompaniyalarining kooperatsiyasi kuchayib bormoqda, jumladan, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, turizm va boshqa sohalarda muhim investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

 

Qo‘shma taʼlim va madaniy-gumanitar dasturlar muvaffaqiyatli joriy qilinmoqda. Xususan, shu yilning avgust oyida turkiyalik yetakchi mutaxassislar Toshkent va Samarqand shaharlaridagi arxitektura-qurilish institutlariga rahbar bo‘ldilar.

 

Yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini, shu jumladan Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdilar.

 

Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy ahvol keskinlashishi taʼsirida mintaqadagi vaziyatning rivojlanishiga alohida eʼtibor qaratildi. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash masalalari yuzasidan aloqalar va ko‘p tomonlama muloqotni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.

 

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 sentyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan telefon orqali muloqot qilgani hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelayotgani to‘g‘risida xabar bergandik.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Turkiya Prezidenti mamlakatimiz yetakchisi va barcha o‘zbekistonliklarni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi | Zamon.uz