O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev pandemiya sharoitida ibn Sino tavsiya qilgan karantin usullaridan foydalanilganini taʼkidladi

Prezident ITB sammitidagi nutqida O‘zbekiston hududidan yetishib chiqqan qator allomalar haqida so‘z yuritdi; xususan, JSST pandemiyada birinchi navbatda Abu Ali ibn Sino tavsiya qilgan karantin usullaridan foydalanishga chaqirganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev pandemiya sharoitida ibn Sino tavsiya qilgan karantin usullaridan foydalanilganini taʼkidladi

 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda, Islom Taraqqiyot Banki boshqaruv kengashining 46-yillik anjumanida nutq so‘zladi.

 

Davlat rahbari o‘z so‘zida Markaziy Osiyodagi ilk uyg‘onish davri namoyondalari haqida to‘xtaldi.

 

“Qadimiy O‘zbekiston – yaʼni, Movarounnahr diyori islom dunyosining yuksak madaniyati va sivilizatsiyasi rivojiga unutilmas hissa qo‘shgan alloma va mutafakkirlar yurtidir.

 

Buxorolik buyuk ulamo – Imom Ahmad ibn hafs Kabir Buxoriy va uning butun dunyoga tanilgan shogirdlari, Imom al-Buxoriy va imom at-Termiziy asarlarining islom falsafasi ilmiy-nazariy asoslarini yaratishdagi ahamiyati beqiyosdir.

 

Buxoroi sharif musulmon olamida “qubbat-ul islom”, yaʼni “islom dinining gumbazi” nomi bilan maʼlum va mashhurdir.

 

“Jorulloh” (“Allohning qo‘shnisi”) degan sharafli nom bilan ulug‘langan xorazmlik alloma Mahmud az-Zamahshariy arab tili grammatikasi rivojiga ulkan hissa qo‘shganligi sizlarga yaxshi maʼlum, deb o‘ylayman.

 

Makkai mukarramadagi Masjid ul-haram yaqinida yashagan bu benazir olimning grammatikaga oid “Al-Mufassal” asari, arabcha-forscha lug‘at kitobi Sharq davlatlari oliygohlarida ko‘p asrlar mobaynida asosiy darslik va qo‘llanma vazifasini bajargan.

 

Yurtimizning islom dunyosi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasi buyuk Amir Temur hukmronligi davrida yana-da yorqin namoyon bo‘ldi.

 

Sohibqiron bobomiz poytaxti samarqand bo‘lgan o‘z davrining eng qudratli davlatini barpo etdi. O‘z tarkibiga bepoyon hududlarni qamrab olgan ushbu ulkan saltanat o‘sha davrdagi islom dunyosining asosiy mintaqalarida iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni yuksak cho‘qqilarga olib chiqdi.

 

Shu maʼnoda, Amir Temur hazratlarining: “Men saltanatim binosini islom arkonlari asosida mustahkamladim”, degan so‘zlari albatta bejiz aytilmagan.

 

Aynan ana shunday mustahkam poydevorga, Sharq uyg‘onish davrida butun musulmon olami erishgan ulkan ilmiy, falsafiy va madaniy salohiyatga tayanib, bizning ulug‘ bobolarimiz ham o‘zlarining buyuk kashfiyot va ixtirolarini yaratganlar.

 

Ularning bebaho merosi bugungi kunda ham o‘z mohiyati va ahamiyatini yo‘qotmasdan kelmoqda.

 

Bu haqda gapirganda, dunyo koronavirus pandemiyasi bilan to‘qnashganda, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti birinchi navbatda Abu Ali ibn Sino tavsiya qilgan karantin usullaridan foydalanishga chaqirganini eslash o‘rinlidir.

 

Bundan ming yil oldin bu ulug‘ hakim “Tib qonunlari” kitobida yuqumli kasalliklar tarqalishini kamaytirish uchun 40 kunlik karantin zarurligini taʼkidlagan edi.

 

Bag‘doddagi mashhur “Bayt al-hikma” ilmiy akademiyasini boshqargan yana bir vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy ilk marotaba raqamlar qatoriga “nol” belgisini kiritib, matematikaning yangi yo‘nalishi, yaʼni “algebra”ga asos solgan.

 

Shuningdek, zamonaviy “ay-ti” sohasining fundamental “algoritm” tushunchasi ham ana shu ulug‘ ajdodimiz al-Xorazmiy nomi bilan bog‘liqdir.

 

Samarqand hukmdori, buyuk astronom Mirzo Ulug‘bek 1018 ta yulduzning koordinatlari aniq ko‘rsatilgan, bir necha asrlar dunyoning oliy taʼlim dargohlarida darslik bo‘lib xizmat qilgan “Ziji ko‘ragoniy” jadvalini tuzgan.

 

Geodeziya fanining “otasi” hisoblanadigan Abu Rayhon Beruniy bundan ming yil oldin birinchi globus va yerning eng aniq xaritasini yaratgan. Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin”, – dedi prezident.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tayotgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishida ishtirok etayotgani to‘g‘risida xabar bergandik.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev pandemiya sharoitida ibn Sino tavsiya qilgan karantin usullaridan foydalanilganini taʼkidladi | Zamon.uz