Jahon

Yaponiyada Moderna vaksinasidan topilgan yot moddalar zanglamaydigan po‘lat bo‘lib chiqdi

Yaponiyada Amerikaning koronavirusga qarshi Moderna vaksinalaridan topilgan yot modda zanglamaydigan po‘lat zarralari bo‘lib chiqdi. Bu haqda Moderna kompaniyasi va vaksinani mamlakatda tarqatishga maʼsul Yaponiyaning Takeda kompaniyasi qo‘shma bayonotida aytilgan.

Yaponiyada Moderna vaksinasidan topilgan yot moddalar zanglamaydigan po‘lat bo‘lib chiqdi

 

 

Preparat Takeda kompaniyasi tomonidan tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv natijalaridan maʼlum bo‘lishicha, «ishlab chiqarish uskunalarini yig‘ish vaqtidagi nosozlik tufayli zanglamaydigan po‘lat zarralari vaksinaga aralashib ketgan».

 

Qo‘shma bayonotda taʼkidlanishicha, zanglamaydigan po‘latdan yurak klapanlari, sunʼiy bo‘g‘inlar, metall choklar va biriktiruvchi qisqichda foydalaniladi, shuning uchun uning zarralarini tanaga yuborish katta xavf tug‘dirmaydi.

 

Ammo, shunga qaramay, Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, ehtiyot chorasi sifatida mamlakatda Moderna vaksinasining bir nechta partiyasini qo‘llash to‘xtatilgan.

 

Avgust oyining oxirida Yaponiyada Moderna vaksinasi partiyalaridan birida yot moddalar aniqlandi — ochilmagan 39 ta ampulada kattaligi bir necha millimetrdan oshmaydigan qora zarrachalar topilgan. O‘sha vaqtga kelib, yarim milliongacha odam ushbu partiyadagi vaksinalar bilan emlangan bo‘lishi mumkin. Ulardan ikki nafari inyeksiyadan ko‘p o‘tmay vafot etdi, ammo ularning o‘limi bilan emlash o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik aniqlanmagan. Shu bilan birga rasmiy tergov davom etmoqda.

 

Hodisa tufayli Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi xavfsizlik yuzasidan mamlakatga Ispaniyaning Rovi SA farmatsevtika kompaniyasi korxonalaridan uchta partiyada kelib tushgan 1,63 million doza Moderna vaksinasidan foydalanishni to‘xtatdi. Uchta partiyaning barchasi bitta ishlab chiqarish liniyasida deyarli bir vaqtning o‘zida tayyorlangan. Yaponiyaga yetkazib berilgach, ular 863 ta vaksinatsiya markaziga tarqatilgan. Yot zarralar topilgani uchun ushbu markazlarga qo‘shimcha dozada vaksinalar yetkaziladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yaponiyada Moderna vaksinasidan topilgan yot moddalar zanglamaydigan po‘lat bo‘lib chiqdi | Zamon.uz