Bugun respublika bo‘yicha kam bulutli ob-havo saqlanib turadi
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32-37 daraja issiq atrofida bo‘ladi.


Poytaxtda havo quyoshli bo‘ladi. Havo harorati 33-35 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Bundan avvalroq sentyabr oyi boshida yana issiq ob-havo bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







