Chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo'lish tartibi o'zgardi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 549-sonli Qarori kuchga kiradi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibini 65-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb belgilandi.
Shu munosabat bilan mazkur Qaror talabiga ko‘ra, Xorijiy davlatlardan turli maqsadlarda maʼlum muddatga vizasiz, elektron va turistik viza bilan kelgan va bugungi kunda vaqtinchalik qayd muddati tugagan holatda Qarshi shahrida vaqtincha yashab kelayotgan chet el fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan 2021-yilni 10-sentabr kuniga qadar chiqib ketishlarini, shu o‘rinda ularni qabul qilgan uy-joy egalari hamda korxona, tashkilot rahbarlari bunday toifadagi chet el fuqarolarini Respublika hududidan chiqarib yuborish choralarini ko‘rishlari lozim.
Shuningdek, mazkur Qaror talabiga ko‘ra, 2021-yilni 10-sentabr kuniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, ularni qabul qilgan uy-joy egalari va mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasida yashash va bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 225-moddasini tegishli qismlari bo‘yicha maʼmuriy javobgarlik masalasi ko‘rilishi haqida ogohlantiriladi.







