O‘zbekistonda yana 689 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 6 nafar bemor vafot etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 689 kishida koronavirus, 93 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami 6 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.


2021 yil 2 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 158561 (+689) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
-
69 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
-
25 nafari Andijon viloyatida,
-
15 nafari Buxoro viloyatida,
-
19 nafari Jizzax viloyatida,
-
12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-
12 nafari Navoiy viloyatida,
-
19 nafari Namangan viloyatida,
-
59 nafari Samarqand viloyatida,
-
20 nafari Sirdaryo viloyatida,
-
16 nafari Surxondaryo viloyatida,
-
73 nafari Farg‘ona viloyatida,
-
28 nafari Xorazm viloyatida,
-
98 nafari Toshkent viloyatida,
-
224 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 74 nafar
-
Buxoro viloyatida 20 nafar,
-
Jizzax viloyatida 37 nafar
-
Qashqadaryo viloyatida 18 nafar,
-
Navoiy viloyatida 14 nafar,
-
Namangan viloyatida 55 nafar
-
Surxondaryo viloyatida 21 nafar,
-
Farg‘ona viloyatida 91 nafar,
-
Xorazm viloyatida 32 nafar
-
Toshkent viloyatida 105 nafar,
-
Toshkent shahrida 116 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 150350 (+583) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 6 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1099 nafarni tashkil qilmoqda.







